Jamiyat | 16:57 / 23.12.2015
21679
1 daqiqa o‘qiladi

Qustanayda yo‘qolib qolgan 13 yoshli qiz begona xonadonda yigitlar davrasida topildi

Qozog‘istonning Qustanay shahrida yo‘qolib qolgan 13 yoshli Mariya Kravchuk onasi tomonidan qidiruvga berilgan edi. Nur.kz nashrining ma'lum qilishicha, u begona xonadonda yigitlar davrasida topilgan.

Aytilishicha, qizning ota-onasi IIV organlariga rasman murojaat qilmagan. Lekin politsiyachilar onaning ijtimoiy tarmoqlardagi xabariga javob tariqasida mustaqil ravishda qidiruvlarni boshlab yuborishgan. Ta'kidlanishicha, qiz juda tez topilgan.
Mariyaning hikoya qilib berishicha, u o‘gay otasi bilan urushib qolgan va uyni tark etishga qaror qilgan. Ammo onasining ishontirishicha, qiz internet orqali yigiti bilan janjallashib qolgan.

Politsiyachilar tomonidan topilganida uning ko‘nglini ovlayotgan yigitlar bilan esa Mariya “VKontakte” orqali tanishgan.

Uydan chiqib ketishdan oldin 20 dekabr kuni qiz ijtimoiy tarmoqdagi statusida hayotdan to‘yganini ma'lum qilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish