Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 17:45 / 23.12.2015
3983
1 daqiqa o‘qiladi
Saudiya Asadni terrorchilikning faollashuvida aybladi
Saudiya Arabistoni qiroli Salmon Suriya prezidenti Bashar Asadni mamlakat hududida terrorchilikning faollashuvida aybladi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Qirolning so‘zlariga qaraganda, agarda Asad bo‘lmaganida, terrorchilar Suriya zaminida rivojlanish uchun joy topa olmagan bo‘lardi.
Shu bilan birga, Salmon Riyod Suriyani yagona davlat sifatida saqlab qolish yo‘lida ishlayotganini ta'kidlab o‘tdi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish