Jamiyat | 14:12 / 23.12.2015
26318
1 daqiqa o‘qiladi

Shahzoda DAN inspektorlarini nega hayron qoldiradi?

Xonanda Shahzoda “Sputnik Uzbekistan” agentligiga bergan intervyusida mashina haydashni boshlaganidan buyon kuzatilayotgan qiziqarli hodisa haqida gapirib berdi.

Uning ta'kidlashicha, 2005 yildan beri professional haydovchilik guvohnomasini qo‘lga kiritgan. Yo‘lda DAN xodimlari bilan bo‘lgan uchrashuvlar haqida gapirarkan, xonanda shunday dedi:

“Ha, bir-ikki bor to‘xtatishgan. Umuman olganda, yo‘l harakati qoidalarini buzmaslikka harakat qilaman. Qonunni hurmat qiladigan fuqaroman. Inspektorlar haydovchilik guvohnomamni ko‘rib, “Nega bu yerda Zilola Musayeva deb yozilgan” degan savol berishadi. Ularga asl ismim Zilola, Shahzoda esa taxallus ekanligini tushuntirishga to‘g‘ri keladi”.
“Ismimni o‘zgartirish rejamda ham yo‘q. Zilola ota-onam tomonidan qo‘yilgan ism. Sahnadagi taxallusimni esa turmush o‘rtog‘im tanlagan”, — qo‘shimcha qildi u.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish