Sport | 18:48 / 23.12.2015
4458
2 daqiqa o‘qiladi

Termizda XII Al Hakim at Termiziy xotira turniri bo‘lib o‘tadi

2015 yilning 25 dekabr kuni Termiz shahrida 11- bora tashkil etilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Al Hakim at Termiziy xotira turniri o‘z g‘oliblarini aniqlaydi. Bu haqda Xalqaro kurash assotsiatsiyasi (IKA) matbuot xizmati xabar qildi.

Mazkur nufuzli turnir 1993 yildan beri muntazam ravishda har ikki yilda bir o‘tkazib kelinmoqda. O‘tgan davr mobaynida dunyoning 100 ga yaqin davlatidan tashrif buyurgan 700 nafardan ziyod polvonlar sportning kurash turi bo‘yicha Termiz gilamlarida kuch sinashdi.

Avvalgi musobaqalardan farqli ravishda, tashkiliy qumita qaroriga asosan, bu yilgi bellashuvlarda faqatgina o‘zbekistonlik sportchilar qatnashadi.

Bellashuvlarda har bir viloyatdan 4 nafardan, mezbon Surxondaryo viloyatidan 10 nafar hamda Kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari to‘liq tarkibi kuch sinashishadi.

Ta'kidlash joizki, musobaqa joriy yilning bahor faslida o‘tkazilishi lozim edi. Biroq Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan tegishli tashkiliy ishlar o‘z vaqtida amalga oshirilmagani sababli musobaqa yil so‘ngiga qadar qolib ketdi. Natijada qisqa muddat ichida bellashuv tashkillashtirilib, unda xorijliy sportchilarning ishtiroki ta'minlanmay qoldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish