Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xodorkovskiy qo‘lga olinsa, 2 oyga qamaladi
YuKOSning sobiq rahbari Mixail Xodorkovskiyni Basman sudi tomonidan qamoqqa olish bo‘yicha qaror chiqarilgan. Bu haqda «Interfaks» sud matbuot kotibi Yunona Tsarevaga tayanib xabar tarqatdi.
«23 dekabr kuni Moskvaning Basman tumani sudi tergov idoralariga Mixail Borisovich Xodorkovskiyni qo‘lga olgach, uni hibsga olish bo‘yicha ko‘rsatma bergan», — deydi u.
Tsareva shuningdek, Xodorkovskiy qo‘lga olinganidan keyin qamoq muddati ikki oyni tashkil qilishini ham ta'kidlab o‘tgan.
Oldinroq Basman sudi Xodorkovskiyni sirtdan hibsga olish bo‘yicha hukm chiqargandi.
Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, 1998-1999 yillarda YuKOS neft kompaniyasi boshqaruvi raisi va aksiyadori bo‘lgan Xodorkovskiy xodimlari Nevzlin va Pichuginga Petuxov hamda Yevgeniy Ribinni o‘ldirishni topshirgan. Ribin Avstriyaning East Petroleum Handels kompaniyasi boshqaruvchisi bo‘lgan.