Jahon | 11:17 / 24.12.2015
6260
1 daqiqa o‘qiladi

Bugun yirik asteroid Yerdan 11 million kilometr masofadan uchib o‘tadi

Payshanba, 24 dekabr kuni 2003 SD220 asteroidi Yerdan 11 million kilometr masofadan uchib o‘tadi, to‘qnashuv xavfi istisno etiladi, deya xabar berdi Aeronavtika va koinot kengliklarini o‘rganish bo‘yicha Amerika milliy boshqarmasi (NASA).

“Asteroidning arafa (katoliklar 25 dekabrda nishonlaygan rojdestvo bayrami arafasi nazarda tutilmoqda. – Kun.uz)da uchib o‘tishidan xavotirlanishga asos yo‘q”, - dedi NASA xodimi Pol Kodas.

Yirik 2003 SD220 asteroidi cho‘zinchoq shaklga ega bo‘lib, keyingi safar Yer yaqinidan 2018 yilda uchib o‘tadi. Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, o‘shanda Yerdan 2,8 million kilometr masofadan o‘tadi. NASAda qayd etilishicha, bugun uchib o‘tayotgan asteroidni sinchkovlik bilan o‘rganish orqali ikki yildan so‘ng Yer yaqinidan o‘tishiga yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rish imkonini beradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish