Jahon | 10:50 / 24.12.2015
2238
1 daqiqa o‘qiladi

Kanadada yo‘lovchiga machete bilan tashlangan erkak hibsga olindi

Kanadaning Toronto shahri politsiyachilari shaharning markazida joylashgan savdo markazlaridan birining kiraverishida yo‘lovchiga machete bilan tashlangan (uzun hanjarsimon pichoq) erkakni qo‘lga olishdi, deb xabar bermoqda CBC News telekanali.

Politsiya serjanti Defl Korrning aytishicha, jabrlanuvchi 30 yoshli erkak bo‘lib, u oyoq va boshidan machetedan zarba olgan.

Ta'kidlanishicha, jabrlanuvchi shifoxonaga yetkazilgan, ayni damda uning hayoti xavf ostida emas. Jinoyat sabablari o‘rganilmoqda. Qo‘lga olingan erkakning shaxsi oshkor etilmagan.

Guvohlardan birining aytishicha, voqeaning boshqa bir guvohi bosqinchining e'tiborini o‘ziga chalg‘itgan, shuning evaziga jabrlanuvchi qochib qolishga muvaffaq bo‘lgan. Uning aytishicha, bosqinchi faqat jabrlanuvchiga hujum qilgan, qolganlarga tahdid qilmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish