Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada yuz bergan YTH oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi
Meksikada 12 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan avtobus ishtirokidagi yirik yo‘l transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda El Horizonte nashri xabar tarqatdi.
Bu avariya Verakrus shtati hududidagi Las-Choapas va Okosokoautla shaharlarini bog‘laydigan shosseda yuz bergan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Puebla shahridan yo‘lga chiqqan avtobus yo‘lda yirik to‘siqqa urilib ag‘darilgan. Qayd etilishicha, avtobus bu vaqtda katta tezlikda harakatlanayotgan bo‘lgan.
Avtobusda jami 40 kishi bo‘lgan, ularning 12 nafari voqea joyida halok bo‘lgan.
Shuningdek, 6 kishi jarohatlangan va ayni vaqtda ular shifoxonaga yotqizilgan.
Avtobus haydovchisi va uning yordamchisi voqea joyidan qochib ketgan.