Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 09:00 / 24.12.2015
2669
1 daqiqa o‘qiladi
Milanda havoning ifloslanishi tufayli mashinalar harakati cheklanadi
Italiyaning Milan shahri hukumati havoning ifloslanishiga qarshi kurash doirasida shahar hududida avtomobillar harakatini vaqtinchalikka cheklashga qaror qildi. Bu haqda BFM telekanalida ma'lum qilindi.
Xabarda aytilishicha, bu taqiqlov 28, 29 va 30 dekabr kunlari amalda bo‘ladi.
Bu kunlar davomida 16 soatgacha barcha transport vositalari, shu jumladan mototsikl va mopedlar harakati cheklanadi.
Fuqarolar bu kunlar davomida "Smog" nomini olgan maxsus chiptalardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Bu chipta narxi - 1,50 yevro.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish