O‘zbekiston | 10:33 / 24.12.2015
3919
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryo viloyatidagi Beshkent kanali qayta rekonstruksiya qilindi

Qarshi shahridagi Chaqar, Charmgar, Haramjo‘y, Maxsumobod, Geolog, Mag‘zon va Qilichbek-qo‘rg‘oncha mahallalari yer maydonlarini suv bilan ta'minlash imkonini beruvchi Beshkent kanali qayta rekonstruksiya qilindi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Xabarda keltirilishicha, mazkur rekonstruksiya ishlari davlatimiz rahbarining 2013 yil 19 apreldagi “2013-2017 yillar davrida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida amalga oshirilgan.

“Ravshan” xususiy korxonasi quruvchilari tomonidan kanalning 4,6 kilometrlik qismi rekonstruksiya qilindi, 1,7 kilometriga lotok yotqizildi. Bu Qarshi shahridagi Chaqar, Charmgar, Haramjo‘y, Maxsumobod, Geolog, Mag‘zon va Qilichbek-qo‘rg‘oncha mahallalarining 500 gektar yer maydonini suv bilan ta'minlash imkonini beradi.

Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suvdan samarali foydalanish bo‘yicha viloyatning boshqa hududlarida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, “K-37-4” kollektori, Koson, G‘uzor va Mirishkor tumanlaridagi 50,3 kilometr uzunlikdagi yopiq drenajlar, Nishon tumanidagi “D-13”, Qarshi tumanidagi “Dasht” kollektorlarida tiklash-ta'mirlash va rekonstruksiya ishlari yakunlandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish