Jamiyat | 19:00 / 24.12.2015
11390
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda terrorchilarga aloqadorligi gumon qilingan o‘zbekistonliklar qo‘lga olindi

24 dekabr kuni Qirg‘iziston huquqni muhofaza qilish organlari Jalolobod shahrida maxsus amaliyot o‘tkazishdi va 4 nafar qurollangan shaxsni terrorchilarga aloqadorlikda gumon qilib, qo‘lga oldi. Ular shahardagi ko‘p qavatli uylardan biriga yashirinishga uringanida qo‘lga tushgan.

Jalolobod IIV matbuot xizmati xabarlariga ko‘ra, qo‘lga olinganlarning ikki nafari O‘zbekiston fuqaroligiga ega shaxslar hisoblanadi.

"2 kishi ko‘chada va yana 2 kishi uy ichida qo‘lga olindi. Bu shaxslar shaharda terakt sodir etishni rejalashtirilgani gumon qilinmoqda. Ulardan qurollar va o‘q-dorilar musodara qilingan. Bu hodisa bo‘yicha tegishli tartibda jinoiy ish ochilgan va tergov harakatlari boshlangan", deyiladi xabarda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish