Jahon | 12:32 / 24.12.2015
2644
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy Suriyaga qo‘shimcha 6 million dollarlik insonparvarlik yordamini taqdim etadi

Xitoy Suriyaga 40 million yuan (6,1 million dollar)lik qo‘shimcha insonparvarlik yordamini ko‘rsatadi, deya ma'lum qildi payshanba, 24 dekabr kuni XXR TIV rahbari Van I suriyalik hamkasbi Volid Muallim bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida.

“Men hozirgina bo‘lib o‘tgan suhbatda vazir Muallimga Xitoy Suriyaga 40 million yuan hajmdagi qo‘shimcha gumanitar yordam ko‘rsatishini ma'lum qilgan edi”, - dedi Van I.

Eslatib o‘tamiz, Suriyada 2011 yilning martidan buyon qurolli mojarolar sodir bo‘lmoqda. BMT ma'lumotlariga ko‘ra, to‘qnashuvlarda 220 ming nafardan ziyod kishi hayotdan ko‘z yumdi. Hukumat qo‘shinlariga qarshi turli qurollangan to‘dalar jang olib bormoqda. Ular ichida IShID va “Jabhat an-Nusra” guruhlari katta ta'sir kuchiga ega.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish