Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda tornado. Foto va video
AQShda sodir bo‘lgan kuchli tornado tufayli qurbon bo‘lganlar soni 14 nafarga yetdi. Bu tornado 7ta shtatga ta'sir ko‘rsatgan: Missisipi, Tennessi, Illinoys, Indiana, Alabama Arkanzas va Michigan.
Bu hududlardagi po‘rtanalar davomida o‘nlab kishi jarohatlangan va yuzlab uylar vayron bo‘lgan.
Ayniqsa, Missisipi hududlarida katta talofat kuzatilgan. Bu shtatda yetti kishining o‘limi qayd etildi. Tennessida olti kishining, Arkanzasda esa yana bir kishining halok bo‘lgani tasdiqlandi.
Jarohat olganlarning ayrimlari og‘ir ahvolda bo‘lib, ularning soniga aniqlik kiritilmoqda. Bir kishi bedarak yo‘qolgan.
Missisipi hududida so‘nggi kunlarda 14ta quyun yuzaga kelganligi kuzatildi.
2015 yil mobaynida AQSh hududida 718 marta tornado yuz bergan.
Quyida shu haftada yuz bergan tornadoga oid video va fotolar:

Xolli-Springs shaharchasidagi vayronaga aylangan uy, Missisipi shtati. 24 dekabr, 2015 yil
Foto: Thomas Wells / AP / Scanpix

Ko‘ngillilar Eshland shahridagi tabiiy ofatdan talofat ko‘rgan baptistlar cherkovini tozalamoqda. Missisipi shtati. 24 dekabr, 2015 yil
Foto: Stan Carroll / AP / Scanpix

Xolli-Springs shaharchasidagi vayronaga aylangan uy, Missisipi shtati. 24 dekabr, 2015 yil
Foto: Stan Carroll / AP / Scanpix

Missisipi gubernatori Fil Brayant Xolli-Springsga kelib, jurnalistlar bilan muloqot qilmoqda. 24 dekabr, 2015 yil
Foto: Stan Carroll / AP / Scanpix

Luts shahri, Tennessi shtati. 24 dekabr 2015 yil
Foto: Larry McCormack / AP / Scanpix

Linden shahrida tornado tufayli majaqlangan mashina, Tennessi shtati. 24 dekabr, 2015 goda
Foto: Mark Humphrey / AP / Scanpix