Jahon | 08:20 / 25.12.2015
2584
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda tornado tufayli 10 kishi halok bo‘ldi

AQShning Missisipi, Tennessi va Arkanzas shtatlari bo‘ylab yuz bergan tornado tufayli halok bo‘lganlar soni 10 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Associated Press xabar qiladi.

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, bu tabiat hodisasi tufayli yuzlab uylar shikastlangan, ularning aksari butunlay vayron bo‘lgan.

Qayd etilishicha, Missisipi shtatida talofat ko‘proq bo‘lgan.

Bundan oldinroq, Missisipida tornado tufayli 40dan ortiq kishi jabrlangani aytilgandi. Mahalliy aholiga shaharni tark etishga tayyor turish tavsiya qilingan.
2015 yil mobaynida AQSh hududida 718 marta tornado hodisasi kuzatildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish