Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bangladeshdagi masjidda juma ibodati vaqtida portlash yuz berdi
25 dekabr kuni Bangladeshdagi masjidlardan birida juma ibodati ado etilishi vaqtida portlash sodir bo‘ldi va bir kishi halok bo‘lib, o‘nlab kishilar jarohatlandi. Bu haqda mahalliy politsiya ma'lum qilgan.
Guvohlarning aytishicha, halok bo‘lgan yagona kishi o‘zini portlatgan terrorchi edi.
"Biz bu hodisaning terakt ekanini aniqlash uchun tekshiruvlar olib bormoqdamiz", deya politsiya vakili Motiara Raxmanning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Reyter agentligi.
Bu hodisa yuzlab kishilar masjidda juma namozini o‘qish uchun kelganida yuz bergan.
Bu masjid "Axmadiya" nomli jamiyatga tegishli bo‘lgan. Musulmonlarning boshqa guruhlari bu jamiyatni dindan qaytganlar sifatida bilishadi.