Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gruziya TIV rahbari bosh vazirga aylanadi
Gruziya parlamenti a'zolarining ko‘pchilik qismi mamlakat tashqi ishlar vaziri Georgiy Kvirikashvilini bosh vazirlik uchun nomzod sifatida tavsiya qilishdi. Bu haqda parlament vakillaridan biri Giya Volskiy ma'lumotiga asoslanib, RIA Novosti xabar bergan.
"Ertaga bosh vazir lavozimini vaqtinchalikka bajarib turgan Irakliy Garibashvili parlamentda chiqish qiladi va Georgiya Kvirikashvilini bosh vazir sifatida tanishtiradi", degan u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Kvirikashvili 4 nomzod ichidan tanlab olingan.
Bir kun oldin Gruziya bosh vaziri Irakliy Garibashvili iste'foga chiqishga ariza bergandi.