Sport | 16:35 / 25.12.2015
7592
1 daqiqa o‘qiladi

Gvardiolaning «Bavariya»dan ketishi sababi ma'lum qilindi

Myunxenning «Bavariya» klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa bilan shartnomani uzaytirmasligiga jamoa rahbariyati bilan o‘zaro tushunmovchiligi sabab bo‘lgan.

Sport Bild nashrining xabar berishicha, ispaniyalik mutaxassis «Bavariya» rahbariyati bilan transferlar masalasida kelisha olishmagan.

Gvardiola yozda o‘sha paytda «Torino»da to‘p surgan italiyalik himoyachi Matteo Darmianni (hozirda – «Manchester Yunayted» futbolchisi), yoki Daniloni («Portu»; hozir – «Real» futbolchisi) Filipp Lamni maydon markaziga o‘tkazilishi munosabati bilan uning o‘rnini egallashi uchun sotib olishni xohlagandi.

Ammo «Bavariya» rahbariyati «Yuventus» markaziy yarimhimoyachisi Arturo Vidalni sotib olishga qaror qilgandi. Bundan tashqari, Gvardiola Toni Kroosning «Real»ga sotilishiga mutlaqo qarshi bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish