Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 18:19 / 25.12.2015
3751
1 daqiqa o‘qiladi
Hindiston bosh vaziri Pokistonga rejadan tashqari tashrif bilan bordi
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Pokistonning Lahor shahriga rejadan tashqari tashrif bilan bordi. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatmoqda.
Qayd etilishicha, u safari vaqtida Pokiston bosh vaziri Navoz Sharif bilan uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirgan.
Bu Hindiston hukumati rahbarining keyingi 10 yildan ortiq vaqt ichida Pokistonga ilk marta kelishi bo‘ldi.
Mahalliy telekanallar xabariga ko‘ra, Modini aeroportda Navoz Sharifning shaxsan o‘zi kutib olgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish