Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston 38 ta yo‘l-qurilish komplekslarini xarid qiladi
O‘zbekistonning yo‘l qurilish korxonalari 38 ta yangi yo‘l-qurilish komplekslariga ega bo‘ladi. Bu haqda Respublika yo‘l jamg‘armasiga tayangan holda Uzbekistan Today nashri yozmoqda.
Aytilishicha, ushbu komplekslarni xarid qilish bo‘yicha texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar amalga oshirilgan. Ular turli ko‘chma asfalt-beton zavodlaridan iborat bo‘lib, ulardagi yo‘l-qurilish texnika birliklarining umumiy soni 1.5 ming donadan oshadi.
Bulardan tashqari, yaqin yillarda 993 dona yo‘l-qurilish texnikasi birliklari sotib olinadi. Hozircha narxlar va yetkazib berish muddati haqida aniq ma'lumot yo‘q, negaki tender savdolari endi o‘tkaziladi.