Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Rossiyaga uchuvchilar tayyorlashda yordam beradi
“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi rossiyalik hamkorlariga Il 114-100 samolyotlari uchun uchuvchilar tayyorlashda yordam berishga tayyor.
Bu haqda kompaniya bosh direktori Valeriy Tyanga tayangan holda Uzbekistan Today nashri xabar bermoqda.Rossiyada Chkalov nomidagi Toshkent aviasozlik zavodida ishlab chiqilgan Il-114 samolyotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.
Bugungi kunda O‘zbekiston aviakompaniyasi ushbu turdagi samolyotlardan foydalanayotgan yagona aviatashuvchidir. Aynan shu bois ikki o‘rtada hamkorlik yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda.