Jahon | 19:03 / 25.12.2015
2567
1 daqiqa o‘qiladi

Shtaynmayyer nemis harbiylarining Suriyada yer usti amaliyotlaridagi ishtirokini istisno qildi

Germaniya Tashqi ishlari vaziri Frank Valter Shtaynmayyer Bundesverning Suriyada yer usti harbiy amaliyotlari o‘tkazishini istisno qildi, deya xabar bermoqda Deutsche Welle.

Bu haqda u Funke Mediengruppe noshirlik uyining mintaqaviy nashriga bergan intervyusida ma'lum qilgan.

Shuningdek, u IShIDga qarshi kurashda Saudiya Arabistoni hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishi lozimligini ta'kidlab o‘tgan.

Bundan avvalroq esa Germaniya razvedka xizmati Suriya prezidenti Bashar Asad maxsus xizmatlari bilan IShID jangarilari haqidagi ma'lumotlarni almashish borasida hamkorlik olib borishni boshlagani haqida habar qilingan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish