Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston prezidenti o‘zini Millat peshvosi etib tayinladi
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonga Millat peshvosi unvonini berish to‘g‘risidagi qonunni davlat rahbarining o‘zi imzoladi. Qonun Majlisi Oliyning quyi palatasi – Majlisi Namoyandagon tarafidan bir ovozdan tasdiqlangan edi.
“Tinchlik va milliy birlik asoschisi – Millat peshvosi to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq ushbu unvonni olgan mamlakat prezidentiga immunitet va alohida maqom kafolatlangan. Uning nomi bilan atalgan muzey, arxiv va kutubxonalar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.
Qonunga berilgan izohda ta'kidlanishicha, ushbu hujjatni tayyorlashda parlamentariylar AQSh, Qozog‘iston va Yevropaning ilg‘or tajribasidan foydalangan.