Yilning eng yaxshi insoniylik namunalari
O‘tayotgan 2015 yil turli voqealarga boy bo‘ldi. Jumladan, atrofimizdagilarning insoniylik jihatidan o‘rnak bo‘ladigan ishlari hech kimni befarq qoldirmaydi. Biz ana shunday insoniylik namunalarini e'tiboringizga havola etamiz.
O‘rdaklar uchun xavfsiz o‘tish yo‘lkasi
Bu yigit ona o‘rdak bolalari bilan yo‘lni kesib o‘tishiga yordam berish uchun ataylab to‘xtadi. Uning bu harakati sababli parrandalar betalofat o‘tib olishdi.
Haqiqiy o‘qituvchi
Professor Sidni Engelberg ma'ruza paytida talabalardan birining yig‘layotgan go‘dagini qo‘liga oldi. Ajablanarlisi, go‘dak uning qo‘lida shu zahoti yig‘lashdan to‘xtadi.
G‘aroyib to‘y
24 yoshli Fathulla va 20 yoshli Ezra nikoh to‘ylarini boshqacha nishonlashga qaror qilishdi. Ular to‘ylari uchun sovg‘a qilingan pullarni och-nahor kishilarning qornini to‘ydirishga sarflashdi.
Biz hamma uchun javobgarmiz...
Oltoy o‘lkasilik politsiyachi Sergey Sharauxov ikkita bolani qutqarib qoldi, keyin esa ularni farzand sifatida asrab oldi.
Shifokorlik hiylasi
Shifokorlar bemor bolalarni operatsiya oldidan shunday tarzda chalg‘itishadi. Yosh bemorlar o‘zlarini oldinda kutayotgan azoblarni esdan chiqarishadi.
To‘tiqushlar uchun nonushta
Hindistonning Chennay shahrida yashovchi 62 yoshli Sekar ismli kishi har kuni ertalab soat 4da uyqudan turadi va 4000ta to‘tiqush uchun nonushta tayyorlaydi. U uyi oldiga qo‘ygan ovqatni ochiqqan qushlar har kuni ertalab kelib yeyishadi.
Amalga oshgan orzu
13 yoshli ko‘zi ojiz Keyj Xenkok-Stivens ismli bolakayning eng katta orzusi politsiya patrul mashinasida sayr qilish edi. Bu yil uning orzusi amalga oshdi.
Bolalarcha mehribonlik
Bolakay issiq kunda politsiyachiga suv ichishni taklif etmoqda.
Haqiqiy muhabbat
Er-xotin Tom va Arnistan keyingi 50 yil davomida bir kun ham bir-birlarisiz yashashmagan. Lekin ular kasalxonaga tushib qolishdi va turli palatalarda yotishga majbur bo‘lishdi. Bu ularni tashvishga soldi. Shifokorlar ularga yordam berishga qaror qilishdi va Tom suyukli xotini bilan “uchrashdi”.
Boshlangan ishni yakuniga yetkazishdi
Qariya hovlisini qordan tozalayotgan paytda yuragi xuruj qilib qoldi. Shifokorlar uni kasalxonaga olib ketishdi. Bir soatdan keyin esa qariyaning uyiga kelishib, uning boshlagan ishini oxiriga yetkazib qo‘yishdi.
Otalar va bolalar
Yoshi ulug‘ kishi metroda notanish yigitchaga bo‘yinbog‘ bog‘lashda yordam beryapti.
Bepul sartarosh
27 yoshli Nazir Subhoni sartarosh bo‘lib ishlaydi. Haftada 6 kun u salonda mehnat qiladi, yettinchi kuni esa Melburn ko‘chalarida yurib uysiz qashshoqlarning soch-soqollarini tekinga olib qo‘yadi.
Toshbaqalar qutqaruvchisi
Bu kishi har kuni taom tayyorlash uchun tutilgan toshbaqalarni sotib oladi va ularni erkinlikka qo‘yib yuboradi.
Olmaxonni o‘z qaramog‘iga oldi
Jyeff Longo ko‘chada sayr qilayotib yo‘l chetida yotgan kichkina olmaxonni ko‘rib qoldi. U bu jonivorning hayotini asrab qoldi.
Qalbdan chiqqan mehr
Kardioxirurg jiddiy operatsiya oldidan qizaloqni tinchlantirmoqda.