Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 13:16 / 26.12.2015
7005
1 daqiqa o‘qiladi
Afg‘oniston shimoli-g‘arbidagi masjidda portlash sodir bo‘ldi
Afg‘oniston shimoli-g‘arbidagi masjidda ro‘y bergan portlash oqibatida 10 kishi jarohatlandi, deya xabar bermoqda Pajvak agentligi.
Hodisa Baglan provinsiyasida sodir bo‘ldi. Portlovchi qurilma masjid ichida odamlar ibodat qilayotgan vaqtda harakatga kelgan.
Hujum bo‘yicha javobgarlikni hozircha hech qaysi guruh o‘z zimmasiga olgan yo‘q. Bundan avvalgi xuddi shunday terakt esa “Tolibon” harakati jangarilari tomonidan amalga oshirilgan edi.