Jahon | 00:26 / 26.12.2015
5404
1 daqiqa o‘qiladi

Moskva metrosida stansiyada o‘z vaqtida to‘xtay olmagan mashinist o‘z ishidan bo‘shatildi

Moskva metrosida stansiyada o‘z vaqtida to‘xtay olmagan mashinist o‘z ishidan bo‘shatildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Ushbu voqea 25 dekabrda mahalliy vaqt bilan soat 14 larga yaqin yuz bergan. Metro mashinisti “Bulvar admirala Ushakova” stansiyasida poyezdni o‘z vaqtida to‘xtata olmagan va birinchi vagon to‘xtashi kerak bo‘lgan joydan bir necha metr o‘tib ketgan.

“Bunga mashinistning poyezdni boshqarishda xushyorlikni yo‘qotgani sabab bo‘lgan”, deb aytildi Moskva metrosi matbuot xizmatida.

Ushbu holat yuzasidan tergov o‘tkazildi, mashinistlar rejadan tashqari instruktajdan o‘tishdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish