Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Suriyada terrorchilarda kimyoviy qurolni qo‘llash uchun mo‘ljallangan qurilma aniqlandi
Suriya Qurolli kuchlari Lataqiya viloyatida terrorchilar tomonidan tashkil etilgan shifoxonada kimyoviy qurolni qo‘llash uchun mo‘ljallangan qurilmani aniqlashdi. Bu haqda Suriya armiyasining dala qo‘mondoniga iqtibos keltirgan holda SANA agentligi ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, jangarilar bu qurolni qo‘llamoqchi va bunga javobgarlikni Suriya hukumatiga ag‘darmoqchi bo‘lgan.
Shifokorlardan birining agentlikka ma'lum qilishicha, shifoxona turli tibbiy operatsiyalarni o‘tkazish uchun jihozlangan bo‘lgan. Unda og‘riqsizlantiruvchi va qon oqishini tezda to‘xtatuvchi dori-darmonlar, jumladan AQSh armiyasida ishlatadigan dori vositalari hamda niqob va filtrlar topilgan.