Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Rossiya gumanitar hamkorlik bo‘yicha dasturni qabul qiladi
2016 yilda O‘zbekiston va Rossiya ikki davlat hukumatlari o‘rtasida madaniy-gumanitar va ilmiy-texnik sohalarda 2016-2018 yillarda hamkorlik qilish dasturini imzolashni rejalashtirishmoqda, deb xabar bermoqda “Rossotrudnichestvo”ning Toshkentdagi vakili.
Uning fikricha, bu gumanitar hamjihatlikda katta rol o‘ynaydi, ikki davlatga srategik va iqtisodiy aloqalarni tuzishga imkon beradi.
Ma'lum qilinishicha, O‘zbekiston aholisida Rossiyaning xorijiy muassasalari tomonidan o‘tkaziladigan, Rossiyada yashovchi xalqlarning bayramlari, madaniyat va an'analariga bag‘ishlangan tadbirlar katta qiziqish uyg‘otadi. Bunday bayramlar orasida Maslenitsa, Sabanto‘y, Slavyan yozuvi kuni, tatar va qrim-tatar tili va madaniyatiga bag‘ishlangan bayramlar, boshqir madaniyati festivallari bor.
Ta'kidlanishicha, ikki tomonlama gumanitar hamkorlikning yana bir muhim yo‘nalishi O‘zbekistonda rus tilining qo‘llab-quvvatlanishi hisoblanadi. Shu munosabat bilan Rossiya fan va madaniyat markazi Rossiya elchixonasi ko‘magida rus tiliga bag‘ishlangan turli festivallar, rus tili haftaligi, anjuman, seminar va davra suhbatlari o‘tkazadi.