Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 19:31 / 26.12.2015
4241
1 daqiqa o‘qiladi
Putin Grizlovni Ukraina bo‘yicha aloqa guruhining Rossiya vakili etib tayinladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyaning sobiq ichki ishlar vaziri Boris Grizlovni Ukraina bo‘yicha aloqa guruhidagi Rossiyaning muxtor vakili etib tayinladi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
“Rossiya xavfsizlik kengashining doimiy a'zosi Grizlov B.V. ga Ukrainadagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha aloqa guruhidagi Rossiyaning muxtor vakili majburiyati yuklansin”, deyilmoqda xabarda.
Ushbu farmon 2015 yil 26 dekabrdan kuchga kirdi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish