Jahon | 09:45 / 27.12.2015
3770
1 daqiqa o‘qiladi

Benin bosh vaziri vertolyoti stadionga qattiq qo‘nish amalga oshirdi

Benin bosh vaziri Lionel Zinsu bo‘lgan vertolyot mamlakatning shimolidagi Jugu shahrida qattiq qo‘nishni amalga oshirdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, hech kim jabrlanmagan. Ta'kidlanishicha, voqea vyortolyotning shahar stadioniga qo‘nayotganida yuz bergan. Ayni paytda voqea tafsilotlari haqida hech narsa ma'lum emas.

Bosh vazir qizi Mari-Sesil Zinsu o‘z tvitterida otasi va vertolyotdagi boshqa yo‘lovchilar jabrlanmaganini tasdiqladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish