Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Finlyandiyada Rossiya bilan chegarani velosiped orqali kesib o‘tish taqiqlandi
Finlyandiya chegara xizmati Rossiya bilan chegaradan velosiped orqali o‘tishni taqiqladi. Bu haqda MTV3 telekanali saytida ma'lum qilingan.
Endilikda, shimoldagi bu chegaradan faqat avtomobil orqali o‘tish mumkin.
Qayd etilishicha, Finlyandiya hukumati Salla va Rayya-Yooseppi chegara o‘tkazuv punktlari orqali Rossiya hududidan qochqinlar kirib kelishining oldini olishga qaror qilgan.
Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, 26 dekabr kuni Rossiya hududidan Finlyandiyaga 5 qochqin mingan mashina o‘tmoqchi bo‘lgan. Mashina haydovchisi mamlakatga noqonuniy muhojirlarni olib kirish bilan shug‘ullanuvchi sifatida gumon qilingan.
Shuningdek, Finlyandiya hukumati velosiped orqali chegaradan o‘tishni taqiqlashiga bu vosita orqali qish mavsumida yo‘llarda harakatlanish qiyinlashgani tufayli xavfsizlikni ta'minlash zarurati paydo bo‘lgani ham sabab hisoblanadi.
10 noyabr kuni Finlyandiya hukumati qochqinlar uchun palatka va konteynerlar orqali boshpanalar tashkil qilinishi haqida ma'lum qilgandi. Bunga mamlakatdagi qochqinlar soni haddan tashqari ortib ketgani sabab bo‘lmoqda.
Mamlakat IIV tomonidan Finlyandiya aholisiga nisbatan eng ko‘p miqdorda qochqinlar qabul qilganlar ro‘yxatida to‘rtinchi davlat ekani haqida bildirilgan.
Oktyabr oyining o‘zida Finlyandiyaga Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadan 7 ming qochqin kirib keldi. 2015 yil bo‘yicha esa bu ko‘rsatkich 27 ming nafardan ortiqni tashkil qilgan.
Finlyandiya har kuni qochqinlar uchun 1 mln yevro sarflamoqda
Finlyandiyaga 2015 yil boshidan buyon 15 ming muhojir kirib keldi
Finlyandiyaning qochqinlarni qabul qilish markazlarida joy qolmadi
Finlyandiya muhojirlarga sarf-xarajatlar ko‘paygani tufayli boylar uchun soliqni oshirmoqchi
Finlyandiya bosh vaziri qochqinlarni o‘z uyiga joylashtirishga tayyorligini ma'lum qildi
Finlyandiya afg‘onistonlik qochqinlarni qabul qilish qoidalarini yangilaydi
Finlyandiyada bir guruh musulmon qochqinlarga cho‘chqachilik markazidan boshpana berildi