Jahon | 15:05 / 27.12.2015
3835
1 daqiqa o‘qiladi

Iroq Mosulni ozod qilishda Turkiya yordamini rad etdi

Iroq hukumati Mosul shahrini IShIDdan faqar o‘z armiyasi bilan ozod etishini ma'lum qildi va turkiyaliklarning bu borada ko‘rsatmoqchi bo‘lgan yordamdan bosh tortgan. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar tarqatdi.

"Hukumatning e'lon qilishicha, iroqliklar Mosul shahrini jangarilardan ozod etishda iroqliklarnikidan boshqa armiya ishtirok etishini istamaydi", deya ma'lum qilgan general Yahyo Rasul.

Uning aytishicha, Iroqda ko‘p sonli xalq armiyasi tashkil etilgan.

"Iroq hech qaysi davlatga o‘z harbiylarini Iroq hududiga Mosulni ozod etish uchun jo‘natishiga ruxsat bermaydi", deydi u.

Bundan oldinroq, Turkiya TIV Iroqdan turk askarlari olib ketilayotgani to‘g‘risida ma'lum qilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish