Jahon | 08:18 / 27.12.2015
2085
1 daqiqa o‘qiladi

Kaliforniyada yong‘in oqibatida 4 kvadrat kilometr o‘rmon yonib ketdi

AQShning Kaliforniya shtati janubida yong‘in oqibatida Ventura okrugida 4 kvadrat kilometr o‘rmon yonib ketdi. Bu haqda USA Today nashri ma'lum qildi.

Yong‘in joyida 500 dan ko‘proq o‘t o‘chiruvchi yong‘in bilan kurashmoqda. Yong‘in kuchli shamol tufayli tez yoyilmoqda.

Ta'kidlanishicha, ob-havo mutaxassislari bir necha kun davomida shamol saqlanib qolishini prognoz qilishmoqda.

Yong‘in oqibatida jabrlanganlar haqida ma'lumotlar berilmagan. Aholini evakuatsiya qilish ishlari olib borilmoqda, yo‘llarning bir qismi xavfsizlik maqsadida yopib qo‘yilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish