Jahon | 21:19 / 27.12.2015
6228
1 daqiqa o‘qiladi

Qohiradagi turar-joy binolaridan birida portlash sodir bo‘ldi (video)

Misr poytaxti Qohira shahri tumanlaridan biridagi turar-joy binosida portlash sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda mahalliy OAV. Hodisa natijasida 2 kishi hayotdan ko‘z yumib, 10 kishining jarohatlangani ma'lum qilindi

Misr televideniyesi tomonidan tarqatilgan kadrlardan ko‘rish mumkinki, bino devorining bir qismi vayron bo‘lgan. Beton plitalari parchalari uy oldi va bir nechta avtomobillar ustiga tushgan. Favqulodda holat sabablari hozircha noma'lum, biroq Qohira hukumati ikkita asosiy taxminni ko‘rib chiqmoqda: xo‘jalik gazining portlashi va terakt.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish