Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiyada bezorilar "Rojdestvo echkisi"ni yoqib yuborishdi
Shvetsiyada bezori shaxslar yana bir marta Yevle shahrida an'anaviy tarzda o‘rnatilgan "Rojdestvo echkisi"ga o‘t qo‘yib yuborishdi. Bu haqda Aftonbladet nashri xabar tarqatgan.
Bu voqea 26 dekabr kuni sodir bo‘lgan. Politsiya vakili Yevla qal'asi oldida yuqoriga tutun o‘rlayotganini ko‘rib, bu hududga kelgach, somondan yasalgan "Rojdestvo echkisi" yonayotganiga guvoh bo‘lgan. Yarim soat ichida u yonib bitgan.
Hudud yaqinida shubhali 2 shaxsni payqagan politsiya ularni ta'qib qilgan va birini qo‘lga tushirgan.
Qo‘lga olingan shaxs 25 yoshli yigit ekani, uning mast ahvoldaligi aniqlangan. Uni qamab qo‘yishgan va u o‘ziga kelgach, tergov qilinadi.
Shubha ostidagi ikkinchi shaxsni qidirish ishlari olib borilmoqda.
Ma'lumot uchun, "Rojdestvo echkisi" Skandinaviya xalqlarining qishki bayramlari ramzi hisoblanib, Yevla shahriga bunday "somonli haykal"ni o‘rnatish 1966 yildan buyon amalga oshirib kelinadi. O‘shandan buyon ko‘p martalab bunday "echkilar" bezorilarning nishoniga aylanib keladi. Aksar hollarda unga o‘t qo‘yib yuborishadi. O‘tgan yili esa, "echki" hujumdan qutilib qolgandi.