Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Texas shtatidagi Dallas yaqinida navbatdagi tornado qayd etildi
Texas shtatidagi Dallas shahri yaqinida navbatdagi tornado qayd etildi, deb ijtimoiy tarmoqlarda xabar bermoqdalar voqea guvohlari.
WHIO-TV telekanali jurnalistining tvitterda yozishicha, tornado Dallasdan sharqqa tomon yo‘nalmoqda.
O‘z navbatida FOX4 telekanali muxbirining ma'lum qilishicha, tornado Dallas yaqinidagi Ovilla shahridagi kamida 10 ta binoni vayron qilgan, elektr ta'minotiga shikast yetkazgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q.
AQSh milliy ob-havo xizmati hududda yangi tornadolar vujudga kelishidan ogohlantirmoqda.