Sport | 14:52 / 28.12.2015
2841
1 daqiqa o‘qiladi

Agent: Ronaldu yaqin 7 yilni «Real»da o‘tkazadi

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduning agenti Jorjye Mendesh o‘z mijozi yaqin orada klubni tark etmasligini ma'lum qildi.

«Krishtianu – barcha davrlarning eng kuchli futbolchisi. Ishonch bilan aytishim mumkinki, u keyingi 4, 5, 6 va yettinchi yilni ham «Real»da o‘tkazadi va faoliyatini Madridda yakunlaydi.

Madridda uni barcha sharoitlar qoniqtiradi, u 40 yoshidagina butsalarini mixga ilishi mumkin», – deydi agent.

Bundan oldinroq Ronaldu yozda PSJ yoki «Manchester Yunayted»ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish