Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aktsiyadorlik jamiyatlarida xorijliklar ulushining eng kam miqdori belgilandi
Vazirlar Mahkamasi 21 dekabr kuni “Aktsiyadorlik jamiyatlariga xorijlik investorlarni jalb qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni tasdiqladi.
Hujjatga binoan, aksiyadorlik jamiyatlarida xorijlik investorlar ulushining eng kam miqdori 15 foizdan kam bo‘lmasligi kerak.
Qarorda qayd etilishicha, ustav kapitalida xorijlik investorlar ulushi 15 foizdan kam hajm mavjud bo‘lmagan aksiyadorlik kompaniyalari 2016 yilning 1 iyuliga qadar muddatda qabul qilingan talablarni qaytadan ta'minlashlari lozim.
Faqatgina strategik xom ashyolarni ishlab chiqarish va birlamchi qayta ishlash sohasidagi faoliyatni olib boruvchilar, shuningdek, tabiiy monopoliya va nazorat qilinuvchi narxlardagi ijtimoiy ahamiyatga molik mahsulotlar va xizmatlar yetkazib beruvchilari istisno qilinadi.
Belgilangan muddatda qaror talablarini bajarmagan aksiyadorlik jamiyatlari boshqa tashkilik-huquqiy shaklga o‘tkazilib, soliq imtiyozlari va preferensiyalardan mahrum qilinadi.
Ustav kapitalida xorijiy sarmoyadorlar ulushi 15-33 foizni tashkil etuvchi aksiyadorlik jamiyatlari yuridik shaxslarning mol-mulk foydasi, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish, YaST (yagona soliq to‘lovi) soliqlari, shuningdek, Respublika yo‘l fondiga majburiy ajratmalar bo‘yicha imtiyozlarga ega bo‘ladi.
2020 yilning 1 yanvariga qadar xorijiy investorlarning aksiyadorlik jamiyatlaridagi ularga tegishli bo‘lgan aksiyalar uchun divident ko‘rinishidagi daromadlari ham soliq solishdan ozod qilinadi.