Jamiyat | 12:07 / 28.12.2015
3304
2 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniyada Janna d’Arkning uzugi auksion orqali sotiladi

Britaniyaning Timeline Auctions auksion uyi XV asrga oid, Janna d’Arkka tegishli bo‘lgan uzukni auksion savdolariga qo‘ydi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatdi.

Uzukning aynan fransuz qahramoniga tegishli ekani unga bitilgan yozuvlar orqali tasdiqlangan. Uzukda Jannaning o‘zi yozgan Jhesus Maria va uchta xoch belgisi saqlanib qolgan. «Meni nazarimda, bu Jannaning uzugi ekanini hech qanday shubha bo‘lishi kerak emas», — deya ta'kidlab o‘tgan Timeline Auctions Bosh ijrochi direktori Brett Hemmond.

Qimmatbaho buyum eman daraxtidan yasalgan idishda saqlanmoqda. Buyumga uni haqiqiyligini tasdiqlovchi hujjat ham ilova qilingan. Janna o‘ldirilgach, uzuk uning zamondoshi ingliz monarxi Genrix VII da qolgan.

Savdo tashkilotchilari uzukning boshlang‘ich bahosini 10 dan 14 ming funt sterlinggacha baholashni rejalashtirmoqda. Brett Hammondning tan olishicha, tashkilot undan ko‘proq foyda ishlab olishni istamoqda.

Janna d’Ark —Fransiyaning harbiy ayol qahramoni sanaladi. Yuz yillik urush davrida u fransuz qo‘shinlarining biriga rahbarlik qilgan. Tarixiy manbalarga ko‘ra, fransuz qo‘shinlari uning ilohiy xislatlari tufayli bir necha muhim g‘alabalarga erishgan.

Burgundlar tomonidan qo‘lga olingan Janna d’Ark inglizlar qo‘liga topshirilgan va uni yoqishga hukm qilishgan. Uning o‘limidan 500 yil o‘tib aybi oqlangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish