Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fanlar Akademiyasining Genetika instituti amaldori pora ustida qo‘lga tushdi
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutida rahbar lavozimlardan birini egallagan Bahriddin Gaziyev poraxo‘rlikda ayblanib sudlandi. Bu haqda “Huquq” nashri xabar bermoqda.
Institutning Zangiota tumanida joylashgan ilmiy tajriba bazasining 6 ga yeriga qulupnay ekilgan edi.
Bir kuni B. Gaziyev tajriba xo‘jaligini aylanib yurib, ish yurituvchi Inomjon Xolmurodovni chaqirgan va unga do‘q-po‘pisa qilib, ekin egalaridan ming dollar to‘plab berishni talab qilgan, aks holda ekinlarni haydatib yuborishini aytgan.
Xolmurodov ekin egalari bilan maslahatlashgan holda tegishli idoralarga arz qilgan. Natijada Gaziyev uning qo‘lidan ming dollar pora olayotganida qo‘lga tushirilgan.