Jahon | 17:01 / 28.12.2015
6578
2 daqiqa o‘qiladi

Iroq armiyasi Ramadini jangarilardan to‘la ozod qilib, shaharga bayroq o‘rnatdi

Iroq harbiy kuchlari IShID jangarilari qo‘lidan Ramadi shahrini butkul ozod qildi va shahardagi hokimiyat binosiga Iroq bayrog‘ini o‘rnatdi. Bu haqda 28 dekabr kuni Reyter agentligi iroqlik general Yahyo Rasulga asoslanib xabar tarqatgan.

"Ha, Ramadi shahri ozod etildi. Iroqlik aksilterror kuchlar shaharga mamlakat bayrog‘ini o‘rnatishdi", degan u.

25 dekabr kuni Iroq bosh vaziri Haydar al-Abadiy armiya Ramadini butunlay ozod qilgach, mamlakatdagi ikkinchi yirik shahar Mo‘sulga yurish boshlashi haqida ma'lum qilgandi.

Reyter agentligi xabariga ko‘ra, Mo‘sulni ham boy bersa IShID jangarilari jiddiy moliyaviy yo‘qotishga uchraydi va Iroqdagi ta'sirini amalda yo‘qotadi.

Ramadini ozod etish uchun harbiy harakatlar 22 dekabrda boshlangandi. Ma'lumotlarga ko‘ra, bugunga kelib shahar aholisi orasida 300 nafarga yaqin jangari qolgan bo‘lishi mumkin.

20 dekabr kuni Iroq hukumati shahar aholisidan varaqalar orqali shaharni vaqtinchalikka tashlab chiqishni so‘ragandi.

OAV: Iroq armiyasi yaqin soatlarda IShID nazoratidagi Ar-Ramadiy shahriga hujum boshlaydi

Iroqlik harbiylar IShIDdan Ar-Ramadiydagi muhim obektni qaytarib olishdi

IShID jangarilari ar Ramadiga olib boruvchi so‘nggi ko‘prikni vayron qilishdi

AFP: Iroq armiyasi Ramadi shahrini IShID jangarilaridan tozalashni boshladi

Iroqlik harbiylar IShID jangarilarini Ramadi shahri markazidan siqib chiqardi

Iroq armiyasi Ar-Ramadiyda IShID ustidan g‘alaba qozonganini ma'lum qildi

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish