Jamiyat | 12:19 / 28.12.2015
3530
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya poraxo‘rlikka qarshi qonunchiligini yanada kuchaytirdi

Koreya Respublikasi poraxo‘rlikka qarshi qonunchilikka nisbatan talabchanlikni oshirdi. 29 dekabrda kuchga kiradigan qonunga ko‘ra, har qanday davlat xizmatchisi 1 million von ($870)dan ortiq pora olgan taqdirda zudlik bilan ishdan bo‘shatiladi.

TASS xabariga ko‘ra, ushbu tartibda hech qanday istisnolar joriy etilmaydi. Bundan tashqari, poraxo‘rligi sabab ishdan bo‘shatilgan shaxslar kelgusi besh yilgacha davlat ishida mehnat qila olmaydi.

Shuningdek, ularning nafaqasi va ustamalari miqdori ikki barobarga kamaytiriladi. Agarda davlat xizmatchisining pora talab qilgani isbotlansa, uning miqdori 1 millionga yetmagan taqdirda ham ishdan bo‘shatiladi.
Korrupsiya muammosi Janubiy Koreyada yetarlicha darajada o‘tkirligicha qolmoqda. So‘nggi vaqtlarda hukumat jinoyatning mazkur ko‘rinishiga qarshi kurash choralarini faollashtirdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish