Jahon | 13:57 / 28.12.2015
13036
1 daqiqa o‘qiladi
Orol dengizida texnika vositalari muzlab qoldi
Orol dengizining Qozog‘iston hududidagi qismida yong‘inga qarshi texnika muzlab qoldi. Internetga joylashtirilgan videoda aks etishicha, KamAZ yuk mashinasi, ikki yong‘in mashinasi va greyder dengiz yuzasini qoplagan muzga birikib, joyidan qimirlamay qolgan.
Video muallifi bergan ma'lumotga ko‘ra, voqea 19 dekabr kuni sodir bo‘lgan. Bir kun ichida havo sovub, muzlab qolgan, maxsus texnika muzga kirib qolgan.
Ularga yordamga Aralsk shahridan yuborilgan yukortgich ham muzga tushib ketgan. Ayni paytda Aralskda boshqa yong‘in mashinasi qolmadi.
Voqea joyiga hokimlik xodimlari ham yetib kelgan. Maxsus texnikani chiqarib olish bo‘yicha ish olib borilmoqda.