Sport | 08:30 / 28.12.2015
2110
1 daqiqa o‘qiladi

«Portu» 10 yillik o‘yinlari translyatsiyasi huquqini 457,5 mln yevroga sotadi

Portugaliyaning «Portu» jamoasi Portugal Telecom bilan o‘z uy o‘yinlarini translyatsiya qilish huquqi bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda sport.es xabar qildi.

Bu kelishuv 2018 yilning 1 iyunidan boshlab kuchga kiradi. Keyingi 10 yilda o‘tkaziladigan o‘yinlar uchun jamoa 457,5 mln yevro mablag‘ oladi.

Shartnomada shuningdek, «Dragau» stadioniga kompaniya reklamalari o‘rnatilishi hamda Portugal Telecom «Portu»ga 7 yil davomida bosh homiy bo‘lishi qayd etilgan.

Bundan oldinroq, Portugaliyadagi boshqa bir jamoa «Benfika» NOS kompaniyasi bilan keyingi 10 yildagi o‘yinlari translyatsiyasi huquqini 400 mln yevro evaziga sotgani xabar qilingandi.

«Portu» tuzgan shartnoma esa Portugaliya sporti tarixidagi eng qimmatbaho kelishuvga aylandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish