O‘zbekiston | 19:52 / 28.12.2015
2712
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonning Toshkentdagi elchisi o‘z diplomatik missiyasini yakunladi

2015 yilning 28 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatimizda o‘z diplomatik vazifasini yakunlayotgan Qozog‘iston respublikasi favqulodda va muxtor elchisi Boribay Jyeksembinni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Uchrashuvda Qozog‘iston elchisining O‘zbekistondagi olti yillik faoliyati sermahsul bo‘lgani qayd etildi hamda ikki tomonlama o‘zaro manfaatli munosabatlarni mustahkamlashdagi qo‘shgan shaxsiy hissasi yuqori baholandi.

B.Jyeksembin esa o‘z navbatida O‘zbekistondagi burchini samarali bajarishi uchun yaratilgan sharoitlarga minnatdorchilik bildirdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish