Jahon | 12:42 / 28.12.2015
3156
1 daqiqa o‘qiladi

Turkmaniston Kaspiybo‘yi gaz quvuri loyihasini qaytadan boshlaydi

Turkmaniston Kaspiybo‘yi gaz quvuri loyihasini qaytadan boshlash uchun Rossiya va Qozog‘iston bilan hamkorlik qilishga tayyor. Bu haqda “Vesti Ekonomiki” nashri xabar bermoqda.

Turkmanistonning “Sharq-G‘arb” gaz quvurini ishga tushirish marosimi chog‘ida prezident Gurbanguli Berdimuhamedov ushbu loyiha “Strategik ahamiyatga molik Kaspiy mintaqasida Turkmaniston energiya resurslarining xalqaro bozorlarga kamida to‘rt yo‘nalishda, aynan shimol, g‘arb, janub va sharq tomonlarga chiqarish imkoniyatlarini yaratib beradi”, deb ta'kidladi.

Shimoliy yo‘nalishdagi hamkorlik Rossiya hamda Qozog‘iston bilan Kaspiybo‘yi gaz quvurini qurish loyihasini nazarda tutadi. Bu boradagi hukumatlararo kelishuv 2007 yilda uch davlat rahbarlari tomonidan imzolangan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish