Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad solig‘i hajmi kamaytirildi
2016 yilning 1 yanvaridan O‘zbekistonda minimal daromad solig‘i miqdori 1 foizga tushiriladi. Yangi soliq stavkasi prezidentning “Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat Byudjyetining 2016 yilgi parametrlari to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq belgilandi.
Endilikda minimal soliq stavkasi 7.5 foizga teng. Ilgarigi ko‘rsatkich 8.5 foiz edi. Bu stavka 1-5 eng kam oylik ish haqiga teng daromadga nisbatan qo‘llanadi.
Ekspertlarning fikricha, bu tashabbus aholi daromadini umumiy miqdorda 230 mlrd so‘mga oshirish imkoniyatini beradi.
Shuningdek, o‘rtacha daromad oladigan soliq to‘lovchilardan undiriladigan soliq stavkasi 6.2 foizdan 5.5 foizga tushiriladi.
O‘rta va maksimal daromad solig‘i stavkalari o‘zgarmadi – 17 va 23 foiz darajasida qoldi.