Jahon | 08:22 / 29.12.2015
3263
2 daqiqa o‘qiladi

Kerri: Ramadi shahrining bir qismi hali ham IShID qo‘lida qolmoqda

AQSh Davlat kotibi Jon Kerrining bildirishicha, Iroq harbiylari Ramadi shahrini IShID jangarilaridan to‘la ozod qila olmagan va shaharning bir qismi hamon jangarilar qo‘lida qolmoqda. Bu haqda AQSh Davlat departamenti saytida xabar qilingan.

"Ramadi hali ham xavfsiz hududga aylantirilmadi. Shaharning ba'zi tumanlarida nazorat qo‘lga olinmagan", deyilgan xabarda.

Shuningdek, Kerrining qayd etishicha, Iroq milliy bayrog‘i shahar markazidagi hukumat binosi tepasida hilpirab turibdi va bu jangarilar shaharni boy berganini anglatadi.

U Iroq hukumatiga amerikaliklar Ramadi atrofini va boshqa hududlarni jangarilardan tozalashda yordam berishini va'da qilgan.

Iroq armiyasi 27 dekabr kuni 2014 yilning yozidan buyon IShID qo‘lida qolayotgan Ramadi shahri ozod etilganini e'lon qildi. Shu kuni Anbar viloyati markazi bo‘lmish shaharning 80 foizi ozod qilingani haqida viloyat gubernatori Suhayb ar-Ravi tomonida bayonot berildi. Bu shahar Iroqning eng yirik shaharlaridan biri hisoblanadi. Iroq harbiylari shahar qamal qilinishidan oldin, shaharliklarga Ramadini vaqtinchalikka tark etishni so‘rab, varaqalar tashlagandi.

Iroq bosh vaziri: 2016 yil Iroqning IShID ustidan g‘alaba qiladigan yili bo‘ladi

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish