Jamiyat | 18:59 / 29.12.2015
9291
2 daqiqa o‘qiladi

Nyu-Yorkda o‘zbekistonliklar ishtirokida yangi yil tadbiri bo‘lib o‘tdi

26 dekabr sanasida AQShning Nyu-York shtati Bruklin shaharchasidagi "National" bazmlar maskanida "UzbekTVNY" tomonidan Yangi yil bayramiga bag‘ishlangan bayram kechasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Hozirchashu.com sayti xabar berdi.

Bayram tadbiriga AQShning turli shtatlaridan vatandoshlarimiz tashrif buyurishdi. Bayramona dasturxon atrofida jam bo‘lgan vatandoshlarimiz bir-birlariga cog‘inchli salomlar va eng samimiy tilaklarini bildirishdi. Shu bilan birgalikda, bugungi kunda AQShda o‘z ijodiy faoliyatlarini davom ettirib kelayotgan xonandayu, raqqosalarning chiqishlariga guvoh bo‘lishdi. Kezi kelganda xonandalarga jo‘r bo‘lib, o‘yin-kulgu, xursandchilik ham qilishdi.

Tantanali kechada bir qancha qiziqarli savol-javob viktorinasi hamda lotereya o‘yinlari ham o‘tkazilib, eng zukko va omadli mehmonlar homiylar "SILK ROAD EXPRESS", "TANDIR EXPRESS" hamda AQShda istiqomat qiluvchi Inobat Bo‘riyeva tomonidan ta'sis etilgan qimmatho sovg‘alar egasiga aylanishdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish