Jamiyat | 16:26 / 29.12.2015
7464
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda “Yil avtobusi – 2015” ishlab chiqariladi

O‘zbekistonda yaqin vaqtlar ichida siqilgan tabiiy gazda harakatlanuvchi MAN Lion`s CNG avtobusi ishlab chiqariladi. Mazkur namuna an'anaviy Bus Euro Test tanlovida «Yil avtobusi - 2015» nomiga sazovor bo‘lgan.

Ayni paytda mutlaqo yangi - MAN Lion`s CNG sinovdan o‘tkazilmoqda. Avtobusning asosiy o‘ziga xos jihati shundaki, past polli shassi va zamonaviy CNG (Compressed Natural Gas - siqilgan tabiiy gaz) texnologiyalari muvaffaqiyatli tarzda kombinatsiyalangan. Bu esa uning samaradorligini 40 foizga oshiradi.

“Jahon” axborot agentligining ma'lum qilishicha, Germaniyaning MAN Truck & Bus mashinasozlik kompaniyasi o‘z mahsulotlarini Markaziy Osiyo bozorida ilgari surish uchun O‘zbekistonni eksport xabiga aylantirishni rejalashtirmoqda. Bugungi kunning o‘zidayoq respublikadan Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istonga MAN mahsulotlari eksport qilinmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish