Jahon | 06:52 / 29.12.2015
2472
2 daqiqa o‘qiladi

Reuters: Suriyadan BMT ko‘magida 450 kishi evakuatsiya qilindi

Suriyada jangarilar tomonidan qurshab olingan ikkita hududdan evakuatsiya qilingan tinch aholi Turkiya va Livan chegaralarini kesib o‘tdilar, deb xabar bermoqda chegara xizmatlaridagi manbalariga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.

Tez yordam mashinalari va avtobuslarda hammasi bo‘lib kamida 450 odam va yaralangan jangarilar olib chiqilgan. Jangarilar aynan qanday guruhga tegishli ekanligi aniqlashtirilmagan.

Bundan tashqari, isyonchilar tomonidan qamalga olingan Zabadaniy shahridan 125 dan ko‘proq jangari Turkiyaga uchadigan samolyotga o‘tirish uchun Bayrutga yo‘l olmoqda. Bu orada Suriyaning shimolidagi hududlardan 330 tinch aholi Bayrutgacha samolyotda yetib olish uchun Turkiyaning Xatay shahriga yo‘l olgan. 

BMT ko‘magida Suriya armiyasi va terrorchilik guruhlari o‘rtasida tinch aholini evakuatsiya qilish bo‘yicha muzokaralar bir necha oy avval boshlangandi. Kelishuvga ko‘ra, terrorchilik guruhlari shialar yashaydigan hududlardan odamlarni evakuatsiya qilish uchun xavfsiz koridor, armiya esa Zabadaniydagi jangarilar va ularning oilalariga koridor taqdim qilishi kerak.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish